Foydalanish shartlari

Amal qilish sanasi: 2026-yil 13-oktyabr

Ushbu shartlar Gyap ilovasi va gyap.uz saytidan foydalanishni tartibga soladi. Ilovadan foydalanish — shartlarga rozilik bildirish demakdir. Xizmatni Gyap jamoasi (Samina Soft, O'zbekiston) taqdim etadi.

1. Gyap nima

Gyap — gap, qatyol va bir martalik yig'imlarni yuritish vositasi: navbat tartibi, to'lov belgilari, yig'ilishlar, kalendar va suhbat bir joyda. Yozuvlarni a'zolar va adminlar o'zi kiritadi.

2. Gyap nima emas

Gyap bank, to'lov tizimi yoki moliyaviy tashkilot emas. Ilova pulni qabul qilmaydi, saqlamaydi va o'tkazmaydi.

3. Hisob

Ilovaga Telegram orqali kiriladi. Telegram hisobingiz xavfsizligi va hisobingiz orqali qilingan harakatlar uchun o'zingiz javobgarsiz. Hisobni istalgan vaqtda ilovada o'chirishingiz mumkin (Profil → Hisobni o'chirish).

4. Gap va admin

5. Taqiqlar

Gyapdan faqat qonuniy maqsadlarda foydalanish mumkin. Taqiqlanadi: a'zolarni aldash yoki firibgarlik, suhbatda haqorat va tahdid, noqonuniy kontent tarqatish, xizmat ishiga atayin xalaqit berish.

6. Narx

Gyap hozircha bepul. Kelajakda qo'shimcha imkoniyatlar uchun pullik tarif joriy etilishi mumkin — bu haqda oldindan xabar beramiz, asosiy funksiyalar bepul qoladi.

7. Xizmat "boricha" taqdim etiladi

Biz xizmatning uzluksiz ishlashiga intilamiz, lekin 100% uzluksizlikni kafolatlamaymiz. Ilova yangilanishi yoki o'zgarishi mumkin. Qonun yo'l qo'ygan darajada Gyap bilvosita zararlar hamda a'zolar o'rtasidagi moliyaviy yo'qotishlar uchun javobgar emas.

8. Intellektual mulk

Ilova, dizayn va "Gyap" brendi bizga tegishli. Siz kiritgan kontent (xabarlar, nomlar, rasmlar) sizniki bo'lib qoladi; xizmatni ishlatish uchun uni saqlash va gap a'zolariga ko'rsatishga bizga ruxsat berasiz.

9. Hisobni cheklash

Shartlarni buzgan hisoblarni vaqtincha cheklashimiz yoki o'chirishimiz mumkin. Siz esa hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

10. Qonunchilik

Shartlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llanadi.

11. O'zgarishlar va aloqa

Shartlar o'zgarsa, ushbu sahifadagi sana yangilanadi; muhim o'zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz. Savollar uchun: @gyapuz_bot.