Maxfiylik siyosati

Amal qilish sanasi: 2026-yil 13-oktyabr

Gyap — gap, qatyol va bir martalik yig'imlarni yuritish uchun ilova. Ushbu siyosat Gyap jamoasi (Samina Soft, O'zbekiston) sizning qanday ma'lumotlaringizni yig'ishi, ulardan qanday foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi.

Gyap pulni qabul qilmaydi, saqlamaydi va o'tkazmaydi. Karta yoki bank ma'lumotlaringiz bizda yo'q va so'ralmaydi.

1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi

2. Nimalar yig'ilmaydi

3. Ma'lumotlardan qanday foydalaniladi

Faqat xizmatni ishlatish uchun: gaplaringizni a'zolarga ko'rsatish, navbat va to'lov eslatmalarini yuborish, kalendar yuritish, savollaringizga javob berish hamda firibgarlik va suiiste'molning oldini olish.

4. Ma'lumotlaringizni kim ko'radi

5. Saqlash va xavfsizlik

Ma'lumotlar Google Firebase serverlarida (Yevropa Ittifoqi) saqlanadi va uzatishda shifrlanadi. Kirish qoidalari shunday sozlanganki, gap ma'lumotlarini faqat o'sha gapning a'zolari o'qiy oladi.

6. Qancha vaqt saqlanadi va qanday o'chiriladi

Ma'lumotlar hisobingiz faol bo'lgan davrda saqlanadi. Hisobni ilovaning o'zida o'chirishingiz mumkin: Profil → Hisobni o'chirish. Bunda profilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi; boshqa a'zolarning hisob-kitobi uchun zarur bo'lgan gap yozuvlari hisobingizga bog'lanmagan holda gap tarixida qoladi.

7. Huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni ilovada ko'rishingiz va tahrirlashingiz, hisobingizni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin. Savollar uchun: @gyapuz_bot.

8. Yosh chegarasi

Gyap 18 yoshdan oshgan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan.

9. O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, ushbu sahifadagi sana yangilanadi; muhim o'zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.